Термезга келишимизга 6-7 соатлар колганида Акфа ходимлари маъмурияти
билан богланганимизда улар Тошкентда эканлиги ва Термезда Ойбек исмли
йигит борлиги ва у билан богланишимизни айтиб телефон ракамини беришди.
Ойбек билан богланганимизда Термездаги "Неотложка"да эканликларини айтди ва биз келаётганимизни хабар килдик.
Kuni kecha yuz bergan mudhish voqea sababli jarohatlangan Jahongir
Poziljnovga shifo tilab muxlislari bizga yuzlab maktub yo'llashmoqda.
Uning ahvolini bilish uchun kelayotgan qo'ng'iroqlarni esa aytamasa ham
bo'ladi. Xalqimiz ko'nglidan juda ham chuqur joy olgan "Bojalar" guruhi
xonandasi va barchaga sevimli aktyor Jahongir Poziljonov qilinayotgan
duolar va shifokorlarning doimiy nazorati tufayli ayni damda ahvoli
yaxshilanib bormoqda.
Hozirgina bizga "Bojalar" guruhining Tojikiston Respublikasida tushgan
eng so'nggi fotosuratlaridan birini taqdim etishdi. Mazkur fotosuratni
sizga havola qilishga qaror qildik. 28 iyun kuni Dushanbe shahrida
tahminan soat 12:50 atrofida tushirilgan fotosurat.